Asosiy qismga o'tish

BETA

BETA: hujjatlar qoralama, yurist ko'rib chiqmagan. Faqat sinov ma'lumotlarini kiriting.

Cookie va qurilmada saqlash

Sarbon veb-ilovasi faqat ishlashi uchun zarur cookie'lardan foydalanadi. Reklama, kuzatuv va tahlil cookie'lari yo'q; uchinchi tomon skriptlari yuklanmaydi. Zarur cookie'lar uchun rozilik so'ralmaydi.

Ishlatiladigan cookie'lar

NomiNima uchunMuddati
__Host-sb_sessionKirish sessiyasi (HttpOnly, brauzer JS ko'rmaydi)Sessiya tugaguncha (12 soatgacha)
__Host-sb_deviceSessiyani qurilmaga bog'lash (HttpOnly)Sessiya bilan bir xil
__Host-sb_csrfSo'rov manbasini tekshirish (CSRF himoyasi)24 soat
__Host-sb_mfaIkkinchi omil bosqichi (faqat kirish paytida)5 daqiqa
__Host-sb_tgloginTelegram bilan kirish so'rovini shu brauzer bilan bog'lash (HttpOnly, faqat kirish paytida)5 daqiqagacha
__Host-sb_visitorDemo hisob belgisi (faqat demo kirishda)30 kun
sb_langTanlangan til1 yil

Qurilmada saqlanadigan boshqa ma'lumot

Mavzu (yorug' yoki qorong'i), tur o'tish holati va oflayn navbat, qoralamalar shu qurilmada saqlanadi va serverga yuborilmaydi. Chiqishda qurilmadagi ish ma'lumotlari o'chiriladi.

Nima yo'q

Reklama va kuzatuv cookie'lari yo'q. Tashrif statistikasi uchun faqat ommaviy vitrinada cookie'siz hisoblagich ishlatiladi.

    Cookie · Sarbon